Javob beramiz

Muassislar bilan hisob-kitoblar

Zarar bilan chiqqanda ta’sischi ulushining qaytarilishi


Jamiyatdan chiqib ketayotgan ta’sischiga uning ulushining jamiyat moliyaviy hisoboti (balans) ma’lumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymati qaytariladi. Buning uchun avval jamiyat sof aktivlarining miqdorini hisoblab chiqarish lozim.

Qarzdorlikni talab qilish huquqini ta’sischiga oʻtkazish, uning soliq oqibatlari


Kreditor qarzni talab qilish huquqini bitim boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin. Kreditor qarzdor korxona foydasiga qarzni talab qilish huquqidan voz kechishi yoki qarz summasini ustav fondidagi ulushini oshirishga yoʻnaltirish huquqiga ega.

Har yili dividend hisoblash majburiymi?


Jamiyat sof foydani har yili ta’sischilar oʻrtasida dividend tarzida taqsimlashi majburiy emas. Bu masala, jamiyat ustaviga muvofiq, ta’sischilarning umumiy yigʻilishida hal qilinadi.

Jamiyat mol-mulkini ulushlarga nomutanosib boʻlib olishning soliq oqibatlari


Jamiyat ta’sischilari jamiyat mol-mulkini oʻz ulushlariga mutanosib ravishda emas, teng miqdorda boʻlib olishga qaror qilishlari man etilmagan. Lekin bu holda soliq toʻlash majburiyatlari yuzaga kelishi mumkin.

Mulkdorga boʻlgan qarzdorlikni korxonaning zararini qoplash uchun yoʻnaltirish mumkinmi


Korxona mulkdoriga boʻlgan qarzdorlikni korxonaning zararini qoplash uchun yoʻnaltirib boʻlmaydi. 87 00 schyotlar guruhida aks ettirilgan zarar summasi faqat korxonaning keyingi yillardagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda hisobiga qoplanishi mumkin.

Dividendlardan soliq ushlab qolish va hisobot topshirish


Hisoblangan dividendlardan toʻlov manbaida 10 foiz stavkada soliq ushlab qolinadi. 

Norezidentning oʻz ulushidan voz kechishining soliq oqibatlari


Qonun hujjatlariga asosan, jamiyat ishtirokchilari ustav fondidagi oʻz ulushidan boshqa shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin. Bunday bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi. Jamiyatda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Bitim ishtirokchilari boʻlgan shaxslarda soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelishi mumkin.

Jamlangan foydani ulushdorlar oʻrtasida taqsimlash, soliq oqibatlari


Yillar davomida jamlanib kelgan foydani ulushdorlar oʻrtasida taqsimlash mumkin. Dividen soligʻi jamlangan (taqsimlanmagan) foydadan emas, dividend tarzidan taqsimlangan foydadan toʻlanadi.

 

Ulushning asosiy vosita, inventar bilan qaytarilishi hisob-kitobi


Ta’sischi muassislar tarkibidan chiqqanda unga dastlabki hissa doirasida berilgan mol-mulk QQS boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.