Javob beramiz

Kreditorlar bilan hisob-kitoblar

Rahbarning korxonaga kiritgan mablagʻini qanday rasmiylashtirish toʻgʻri


Rahbar tomonidan kiritilayotgan mablagʻni onlayn-NKM orqali realizatsiya sifatida rasmiylashtirish ushbu holat uchun toʻgʻri yechim emas.

Bankka sotilgan debitor qarzning buxgalteriya hisobi


Debitor qarz faktor (bank)ka oʻtkazilganda qarz summasi 4890-hisobvaraq orqali qayta tasniflanadi, bank ushlab qolgan summa esa moliyaviy xarajat sifatida 9690-hisobvaraqda aks ettiriladi.

Moliyaviy garantiya puli kelib tushganida buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Sizning vaziyatingizda moliyaviy garantiya puli kelib tushgan vaqtda korxonangiz hali daromad koʻrmaydi. Shunday ekan, foyda soligʻi yoki boshqa soliqlar boʻyicha soliq oqibatlari kelib chiqmaydi.

Bank kreditini boshqa yuridik shaxsga rasmiylashtirish


Bu yerda kreditni qayta rasmiylashtirish qanday huquqiy shaklda amalga oshirilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari shunga qarab farq qiladi.

Valyutada kreditor qarz


Majburiyat uni bajarish bilan soʻndiriladi.

Kredit boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari


Kredit boʻyicha toʻlagan foiz tarzidagi moliyaviy xarajatlaringiz 9610 “Foiz koʻrinishidagi xarajatlar” schetida va foyda soligʻi hisobotida aks ettiriladi.

Byudjet tashkilotlarida muddati oʻtgan kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish tartibi


Alohida normativ hujjat sifatida bunday tartib ochiq manbalardan topilmadi.

Majburiyatlarning hisobga oʻtkazilishi


Muqobil oʻxshash majburiyatlarning hisobga oʻtkazilishi mumkin.

Oʻzaro qarzdorlikni toʻlovsiz yopib yuborish


Ha, mumkin. Ushbu majburiyatlarni oʻzaro hisobga olib qarz summalarini yopib yuborish FK 343-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Qarz oʻtkazishning soliq oqibatlari


Siz amalga oshirmoqchi boʻlgan xoʻjalik amaliyotida daromad olish yoki realizatsiya yoʻq.

Kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish, buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish uchun avval ularni inventarizatsiyadan oʻtkazish lozim. Keyinchalik muammolar kelib chiqmasligi uchun umidsiz kreditorlik qarzlarinigina hisobdan chiqarishingizni maslahat beramiz.

Vositachilik faoliyatidagi buxgalteriya oʻtkazmalari


Sizning vaziyatingizda tegishli kompaniyaning daromadi tranzaksiya summasining 1%ini tashkil etadi. Shundan sizning korxonangiz daromadi 0,5% deb koʻzda tutilgan. Bu vositachilik faoliyatidir.

Muddati oʻtgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish


Muddati oʻtgan qarzdorliklar korxona rahbarining buyrugʻi asosida korxona daromadlariga hisobdan chiqarsa boʻladi.

Jismoniy shaxs bilan kommunal toʻlovlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitob


Xarajatning tan olinish shartlaridan biri, uning hujjatlar bilan tasdiqlanganligidir.

Kredit-nota toʻgʻrisida ma’lumot


Kredit-nota - tashqi savdo shartnomalarida koʻrsatilgan tomonlardan birining ikkinchi tomonga shartnoma summasining ma’lum bir miqdori boʻyicha chegirma berish toʻgʻrisidagi hisob hujjati.