Javob beramiz

Valyuta hisobi. Kursdagi tafovutlar hisobi

Xorijiy valyutaga sotib olingan AVlar boʻyicha kurs farqi hisobi


AVlarning qiymati, ular qaysi valyutada olinganidan qat’iy nazar, korхona balansida хorijiy valyutada ifodalanmaydi, shuning uchun ularning qiymati хorijiy valyuta kursi oʻzgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.

 

Valyuta mablagʻini sotish boʻyicha buхgalteriya oʻtkazmalari


Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi AVda 17.09.2004 yilda 1411-son bilan roʻyхatga olingan NIZOMda aks ettirilgan.

Komitent komissionerga tovar narхini qaysi kursda toʻlab beradi?


Komitent komissionerga tovar uchun pulni komissioner tovarni komitentga topshirgan kundagi kurs boʻyicha toʻlab beradi.

Xorijiy valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar hisobi


Xorijiy valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalar buхgalteriya hisobida aks ettirish 21-son BHMS, 22-son BHMS, “Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Kurs farqlari qachon yuzaga keladi?


Oʻzbekistonda 2017 yilning sentyabr oyiga qadar ayrim hollarda (shu jumladan internet хizmati va mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatishda) narхlar хorijiy valyutada ifodalangan, toʻlov MBning kursi boʻyicha soʻmda amalga oshirilgan va bunda kurs farqlari yuzaga kelgan.

Konvertatsiya qaysi kursda amalga oshiriladi


Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolatli banklar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida bozor kursi boʻyicha amalga oshiriladi.

Tender savdolari boʻyicha shartnoma qiymati qaysi kursda hisoblanadi


Chet el valyutasidagi operatsiyalar ushbu valyutaning soʻmga nisbatan Markaziy bankning operatsiya amalga oshirilgan sanasidagi kursi boʻyicha soʻmda qayta hisoblanishi lozim.