Javob beramiz
Kontragentlar bilan shartnomalar
Uch tomonlama shartnomani imzolash kunidagi kurs boʻyicha hisoblab, uchinchi taraf chet el tashkilotiga valyutada, biz esa uchinchi tarafga soʻmda qarzdor boʻlishimizni koʻrsatib, rasmiylashtirsak qonuniy boʻladimi?
(FK) 322 moddasiga asosan chet el tashkiloti oldidagi valyutadagi qarzni qarzdor boshka shaxsga (tashkilotga) uch tomonlama shartnoma bilan oʻtkazsa boʻladi.
Biz bir-birimizga boʻlgan qarzdorligimizni kelishuv rasmiylashtirib, kelishuv rasmiylashtirilgan kundagi kurs boʻyicha oʻzaro hisob-kitob qilishimiz qonuniymi?
Ikkita shahs bir birini oldidagi qarzni kelishuvda belgilangan toʻlanish kunida valyuta kursi boʻyicha xisob kitob qilishi mumkin.
Hadya shartnomasi qanday tuziladi? Hadya shartnomasining notarial tartibda tasdiqlanishi qaysi qonunda belgilangan va buning uchun notarial idoraga qanday hujjatlar taqdim etiladi? Javobda “hadya qilish mumkin” deyilayotgan boʻlsa, "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonunning 13-moddasini qanday tushunish kerak?
Korxonadagi ulushni hadya qilishda notarial idorasida tasdiqlash shart emas. Fermer xoʻjaligi boshligʻi oʻzgarganda yerni ijarachisi boʻlib Fermer xoʻjaligi qolaveradi.
Avtotransportni qoʻshimcha ijaraga (subarenda) berish
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qoʻshimcha (ikkilamchi) ijaraga berishga haqli.
Yuridik shaxs ijaraga olingan mulkning qaysilarini yana ijaraga berishi mumkin va qaysi mulklarni ijaraga berishda notarius orqali shartnoma qilish majburiy?
Ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga berilgan binoning tomini boshqa shaxsga ijaraga berish mumkinligi
Binoning tomini ijaraga oluvchi bilan tegishli qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali ijaraga berish mumkin.
Yangi korxonani ham eski ishlab turgan korxonam ijaraga olgan xonaga ijaraga qoʻyishim mumkinmi, ya’ni bir xonani ikkita tashkilotga ijaraga olish va berish qonunchilikda taqiqlanmaganmi?
Shu jarayon qanday rasmiylashtiriladi?
Noturar joy oddiy oldi sotdi shartnomasi, turar joy binolar esa notarius orqali rasmiylashtiriladi.
Qonunchilikda qaysi hollarda korxona va korxona mulkdori oʻrtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ya’ni narxlar sun’iy ravishda shakllantirilmasligi va naqd pul aylanmasi yashirilmasligi uchun). Agar bu mumkin boʻlsa, topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga ikki tarafdan ham bir jismoniy shaxs imzo qoʻya oladimi (direktor, ta’sischi va sotuvchi bir odam boʻlganda)?
Qonunchilikda korxona va uning mulkdori oʻrtasida oldi sotdi shartnomasi tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan xollar mavjud emas.
Qarzdor korxona qarzni talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuza oladimi?
Fuqarolik kodeksning 322 moddasiga asosan qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin.
Shartnomada yangi turar-joy binosini sotish qiymatini AQSh dollarida koʻrsatib, toʻlovni Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha soʻmda toʻlashga ruxsat etiladimi? Ikkala taraf ham Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti, sotuvchi - yuridik shaxs, sotib oluvchi - jismoniy shaxs.
Shartnomada binoni sotish qiymatini AQSh dollari yoki boshqa bir chet el valyutasida koʻrsatilishi noqonuniy.
Yuqoridagi holatda boshqa korxona bilan ikki tomanlama qarz shartnomasi imzolab, unga koʻra qarz beruvchi tomonidan qarz summasi bizning ta’minotchilarimiz hisob raqamiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanib (toʻlov detalida “ikki taraflama qarz shartnomasiga asosan "A" korxonaning qarzdorligi "B" korxona tomonidan toʻlab berilmoqda” deb koʻrsatib) ish faoliyatimizni davom ettirsak boʻladimi? Yoki bunday shartnomalar uch tomonlama tuzilishi majburiymi?
S firma foydalanib qoʻygan maxsus texnika yoqilgʻisi A firmaga tegishli boʻlgani uchun buxgalteriyada yoqilgʻini hisobdan chiqarish uchun uch tomonlama shartnoma tuziladimi?
Ushbu taklif konunga zid emasmi, xamda kanday xujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim, mumkin bulsa ushbu xujjatlar nusxalaridan namuna bersangiz.
Agar eksportchi korxona aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida sotib olsa, sotib olish va olingan tovar uchun toʻlov amalga oshirilishida qanday birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilishi zarur?
VMning 04.09.2003 y. 383-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun kontraktatsiya shartnomasi tuzilishi lozim.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter