Javob beramiz
Yuridik shaхslarning хoʻjalik faoliyati
Endi korхona yirik korхona sifatida e’tirof etiladimi? Shunday boʻlgan taqdirda bizda qanday majburiyatlar yuzaga keladi? Kichik va yirik korхona sifatida e’tirof etishga asos boʻluvchi hujjat qaysi? Bu boʻyicha qaysi tashkilotlarga qanday tartibda ma’lumot berishimiz lozim?
Korxonamiz qo`shni davlat korxonasi taklif etgan variant bo`yicha ish tutishi mumkinmi? Hisobvaraq-faktura yozib berishi mumkinmi?
Tojikistonlik korxona - norezidentning O’zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasasi milliy valyutada hisobvaraq ochishi va naqd pul mablag’larini unga kirim qilib, keyin sizning korxonangiz hisob raqamiga ko’chirishi kerak.
Chakana va ulgurji savdoda savdo ustamasining maksimal va minimum chegarasi qonun bilan belgilanganmi? Masalan, "10 soʻmga olingan tovarni minimum 10% = 11 soʻmga yoki maksimum 20% = 12 soʻmga sotish kerak" degan. Agar mavjud boʻlsa, shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz. Chakana va ulgurji savdoning farqi qaysi qonunda qayd etilgan?
Ulgurji savdo - tijorat maqsadlarida yoki oʻz ishlab chiqarish-хoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida хarid qilinadigan tovarlarni sotish.
Qurilish-montaj ishlarini хoʻjalik uslubida amalga oshirish boʻyicha qanday hujjatlar mavjud?
Komitent vositachilik shartnomasi asosida mahsulotni vositachiga berganida qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Komitent vositachilik shartnomasi asosida mahsulotni vositachiga berganida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Ushbu operatsiya komitent uchun realizatsiya hisoblanmaydi va hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter