Javob beramiz
Norezidentlarga soliq solish
Osiyo taraqqiyot bankidan va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligiga daromad toʻlab berishda norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq
Korxona Osiyo taraqqiyot bankiga kredit boʻyicha foizlar va kreditni tashkillashtirish uchun bir martalik toʻlovlarni toʻlab berishda soliq agenti sifatida norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliqni ushlab qolmaydi.
Koreya Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs daromadini Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi Konvensiyaga koʻra Oʻzbekistonda norezidentning foyda soligʻiga tortmaslik
Ha, xizmat uchun toʻlov toʻlab berilguniga qadar "B" korxona "A" korxonaga oʻzining Koreya Respublikasi soliq rezidentiligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etsa, Konvensiyaning 7-moddasiga asosan uning tadbirkorlik faoliyatidan olgan foydasi Koreya Respublikasida soliqqa tortiladi.
Mol-mulkni tekinga berishda soliq oqibatlari
Ushbu operatsiyadan vakolatxonada emas, balki mol-mulkni tekinga beradigan OʻzR rezidenti – yuridik shaxsda soliq oqibatlari yuzaga keladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter