Savolning ID si: 10049
Menga kichkina ofisimizning elektr oʻlchagich asbobi koʻrsatkichini oyda bir marta hisobot uchun yozib borish vazifasi belgilangan. Lekin хozirgi kunda elektr oʻlchagich koʻchadagi stolbaga, yerdan 2 metr balandlikda oʻrnatilgan boʻlib, uning koʻrsatkichini yozishim uchun narvon orqali chiqib koʻrishim kerak. Men elektrik emasman.
Shuning uchun men ish beruvchidan yuqoridagi ishni bajarish uchun vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishimni va mening ish oʻrnimni attestatsiyadan oʻtkazish kerakligini talab qilmokchiman. Mening fikrimcha, yuqoridigi vazifamni bajarishim noqulay mehnat sharoiti, deb hisoblanadi.
Buning uchun asos qilib quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni keltirmoqchiman:
1) “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 2-ilovasining 1- t/r. (2387-son 26.01.2018)
2) “Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari”ning 1-bandiga qarang. (1890-son 26.01.2018)
3) “Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” 6- b.(263-son 26.01.2018).
Shu talabim toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari: