Jamoat ishlariga jalb etilgan shaхsga toʻlanadigan daromaddan soliqlarni hisoblash
Savolning ID si: 10259
Oʻz.R. VMning 2017 yil 5 oktyabrdagi №799 sonli qaririga asosan bizning MChJ va tuman ABKM oʻrtasida "jamoatchilik ishlari tashkil etish toʻgʻrisi"da shartnoma imzolangan boʻlib mazkur shartnomaga asosan 2018 yilning fevral oyida 25 nafar ishsiz deb e’tirof etilgan хodimlar tuman ABKMning "jamoat ishlariga yullanma"si asososida 2 oy muddatga jamoatchilik ishlarini bajarish uchun ishga qabul qilingan. Fevral oyi mobaynida ishlagan ish kunlari uchun ushbu хodimlarga jami 21 280 000 soʻm miqdorda ish haqi hisoblangan boʻlib, ushbu hisoblangan ish hakining 50 % qismi tuman ABKM tomonidan jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bizning hisob raqamga oʻtkazib beriladi. Qolgan 50 % qismi esa MChJning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
1. Jamoat ishlariga jalb etilgan ishchilarga hisoblangan ish haqidan qanlay soliqlar hisoblanadi (jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi, INPS, majburiy sugʻurta badallariga ajratmalar, yagona ijtimoiy toʻlov)?
2. Hisoblanishi kerak boʻlgan soliqlar qanday tartibda hisoblab chiqiladi?
Ekspertlarning javoblari: