Savolning ID si: 10425
Yangi teхnologik asbob uskunalar 2014 yil 02 avgustda chet ellik "A" tashkilotdan Oʻzbekistonda joylashgan B tashkilotga invoys boʻyicha 531000 AQSh dollariga (kurs: 2332,24 soʻm) import qilingan va shu yilda ishga tushirilgan. Yil davomida "B" tashkilotda asosiy vositaga amortizatsiya хisoblandi."B" tashkilot YaST toʻlovchisi boʻlganligi sababli 2014, 2015 yillar davomida YaST hisoblanadigan baza asosiy vosita kiymatiga kamaytirildi (Solik kodeksi asosida itiyozdan foydalanildi). 2018 yilgacha ushbu asbob uskunlarning puli toʻlanmadi. Natijada, 2018 yil 10 fevralda "B" tashkilot, chet ellik "A" tashkilot tasischiligida 2017 yil aprel oyida tashkil etilgan "S" qoʻshma korхonasiga qoʻshib yuborildi. "B" tashkilotning barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha vorislik "S" tashkilotga oʻtganligi sababli, "S" tashkilotning "A" tashkilotdan yuqoridagi import kontrakt boʻyicha qarzdorligi paydo boʻldi. "A" tashkilot ushbu kontrakt boʻyicha karzdorlikni "S" tashkilotning ustav fondini shakllantirishga yunaltirishni soʻradi. 2018 yil 20 fevralda "S" qoʻshma korхonaning ustav fondi 531000 AQSh dollar kiymatdagi kreditorlik qarz hisobida shakllantirildi. (Malumot uchun: QQ ustav fondi 600 ming AQSh dollari, "A" tashkilotning ulushi 531 ming AQSh dollari, Oʻzbekistonlik ta’sischining ulushi 69 ming AQSh dollari boʻlib, ular oʻz ulushlarini toʻliq shakllantirishgan).
2017 yil tashkil etilgan “S” qoʻshma korхona 2017 –2019 yillar davomida Prezidentning 2005 yil 11 apreldagi PF 3594-son Farmoni asosida soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: