Javob beramiz
Coliqlar 2014 - 2018
- Soliq majburiyatlarini ijro etish
- Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
- Soliq hisoboti
- Jismoniy shaxslarga soliq solish
- Yuridik shaxslarga soliq solish
- Bojxona toʻlovlari
Tuman soliq inspeksiyasi soliq hisobotlari topshirilmagan holatda bank hisob raqamini bloklab qoʻyishga qonuniy haqlimi?
Ushbu imtiyozni qachondan boshlab qoʻllash mumkin?
“Urgut” erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlgan korxona asosiy faoliyatidan boshqa daromadlaridan foyda soligʻi toʻlaydimi?
Subpudrat shartnomasidan olingan pudrat xizmat haqqiga PQ-2639-son Qarorda nazarda tutilgan foyda soligʻi imtiyozi tadbiq etiladimi?
Ichki turizm boʻyicha qaysi xarajatlar soliq solinadigan bazadan kamaytiriladi? Masalan, Wi-Fi uchun qilingan xarajatlar ham soliq solinadigan bazadan kamaytiriladimi?
Jamiyat 2019 yildan kanaka solik tulashi kerak, yagona yer soliginimi yoki KKS?
Agar korxonangiz belgilangan talablarga javob bersa, yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlishingiz mumkin. Belgilangan talablarga javob beramagan yuridik shaxs soliq solishning boshqa tartibini qoʻllaydi.
Bino va xonalarni ijaraga berish shartnomasida ijara haqini belgilangan minimal stavkalardan past summada oʻrnatish mumkinmi va bunda soliqlar qanday hisoblanadi?
Ijara shartnomasida ijara haqini belgilangan minimal stavkalardan past summada oʻrnatish qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan. Lekin bunda muayyan soliq oqibatlari yuzaga keladi.
Turar joy aholiga sotilayotgan paytda 2019 yilda QQS ishlatiladimi yoki QQS siz sotish mumkinmi?
Ayni holatda QQS toʻlash yoki toʻlamaslik korxona qaysi soliq solish tartibini qoʻllashiga hamda qurilish ishlari qanday mablagʻlar hisobiga moliyalashtirilganiga bogʻliq.
1.Biz tayyor maxsulotlarimizni «GM Usb»dan boshqa iste’molchilarga realizatsiya qilganimizda QQS ni qoʻllashimiz kerakmi? 2.Shuningdek eksport qilayotgan tayyor maxsulotlarimizga nol stavkada QQS qoʻllashimiz toʻgʻrimi?
Hozirgi paytda savolda qoʻyilgan masala boʻyicha Davlat Soliq Qoʻmitasiga biz tomondan murojaat yuborilgan. Murojaatga javob kelganida albatta barcha manfaatdor soliq toʻlovchilarni xabardor qilamiz.
1.QQS boʻyicha qilgan hisob-kitobimiz toʻgʻrimi? 2.Undan keyin biz ushbu mahsulotni QQS bilan olganligimiz uchun hisobga (zachyotga) olamizmi yoki yoʻqmi?
Savol mazmunida koʻrsatilgan hisob-kitob toʻgʻri. Yetkazib beruvchiga toʻlangan QQS hisobga olinadi.
2019 yilda ham shu imtiyozlar saqlanib qolganmi?
Korxona 28.03.2011 dagi 1512 sonli qarorga asosan, buyash xizmatini koʻrsatishda va Oʻztoʻqimachiliksanoatga a’zo korxonalarga tayer mahsulot yoki yarim tayer mahsulot sotsa QQS toʻlaydimi?
Agar sizning korxonangiz “Oʻztoʻqimachiliksanoat” a’zolariga PQ-1512 sonli qarorda koʻrsatilgan yarimfabrikatlarni sotsa, ular boʻyicha QQSni hisoblashda nol stavkani qoʻllaydi. Boʻyash xizmatini koʻrsatishda ushbu imtiyoz qoʻllanmaydi.
Agar korxona balansida 01.01.2019 yil xolatiga mavjud boʻlgan 75450 ming soʻm taqsimlanmagan foydani 2019 yilda divident uchun taqsimlansa, bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasi qaysi stavka boʻyicha xisoblanadi, yangi 5 foizmi yoki eski 10 foizmi?
Taqsimlanmagan foyda 2019 yilda dividendlar shaklida taqsimlansa, soliq 5% stavkada ushlab, byudjetga oʻtkaziladi.
1.Agar korxona vositachilik, ulgurji va chakana faoliyatlari bilan shugullansa Yagona soliq toʻlovi qaysi stavkalarda toʻlaydi? 2.YaST solinadigan baza qanday hisoblanadi? 3.Umumiy realizatsiya summasidan QQS summasini ayirib, qolgan miqdordan YaST hisoblanadimi?
Siz har bir faoliyat turi boʻyicha alohida hisob yuritishingiz va har biri uchun alohida belgilangan stavkada YaST hisoblashingiz lozim.
1.Bizning xorijiy xamkorimiz oldida mavjud boʻlgan kreditorlik qarzimiz qanday soliq oqibatlariga olib keladi? 2. Korxonamiz qancha vaqt davomida shu summani boshqa daromadlarga olishga haqqi bor? 3.Xorijiy xamkor korxonaning faoliyatini toʻxtatish darajasiga borilsa, u holda kreditorlik qarzimiz boʻyicha qanday yoʻl tutamiz?
Kreditorlik qarzining mavjudligining oʻzi soliq oqibatlari yuzaga kelishiga olib kelmaydi. Qachonki majburiyat hisobdan chiqarilsa va u bilan bogʻliq daromad tan olinsa, shunda soliq solinadigan foyda summasiga ta’sir koʻrsatadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter