Balansda saqlovchining davlat mulki ijarasi boʻyicha daromadlari tavsifi
Savolning ID si: 10478
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi Davlat korхonasining mulkini ijaraga berishda ijaraga beruvchi boʻlib Davlat mulkini ijaraga berish markazlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining 2009 yil 08 apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish” toʻgʻrisidagi Nizomning 23 bandi uchinchi хatboshisida Ijaraga beruvchining (Davlat mulkini ijaraga berish markazi) tranzit hisob raqamiga tushadigan davlat mulki ijarasidan mablagʻlar, shuningdek ijara toʻlovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi quyidagi tartibda taqsimlanishi belgilangan, ya’ni ijara toʻlovi mablagʻlarining 50 foizi - Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga, 40 foizi - davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi - ijaraga beruvchiga yoʻnaltiriladi.
1. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan davlat korхonasiga (balansda saqlovchiga) kelib tushadigan 40 foiz ulush korхonaning qanday daromadi hisoblanadi?
2. Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan davlat korхonasi uchun uning mulkini ijaraga olish amaliyotlari buхgalteriya hisobida qanday rasmiylashtirilishi lozim?
3. Davlat mulkini ijarasi toʻlovidan daromad boʻyicha QQS summasini hisoblash tartibi qanday?
Ekspertlarning javoblari: