Savolning ID si: 10531
Korxonamiz ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi. Seximizda ish tunu-kun, uzluksiz ravishda tashkil qilingan. Ishlab chiqarishda bevosita band boʻlgan xodimlar uchun tuzilgan smena grafigida smenalar soni 4 tani tashkil qiladi (shartli ravishda A, B, S, D ga ajratilgan). Xodimlar tasdiqlangan smena grafigi asosida olti kun ishlab, ikki sutka dam olishadi, ya’ni bir sutka davomida 3 ta smena ishlab, 4-smena dam oladi.
28.12.2017y. PF-5290-sonli Prezident Farmoniga asosan 2018 yil 20 mart qoʻshimcha dam olish kuni deb belgilandi.
Ishlab chiqarishda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda mahsulot tayyorlashni uzluksiz ravishda oʻtkazish maqsadida ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ishlab chiqarishda smena grafigi asosida ishlayotgan xodimlar 2018 yil 20 mart kuni ishga jalb qilindi. Bu haqdagi buyruq MKning 130, 157-moddalariga mos ravishda rasmiylashtirildi.
2018 yil mart oyi uchun ish vaqtini hisobga olish tabellarida xodimlarning ish vaqti, shu jumladan dam olish va bayram kunlarida ishlagan ish vaqtlari alohida qayd qilinib, korxona buxgalteriyasiga taqdim qilindi.
Biroq, korxona buxgalteriyasi, 2018 yil 20 mart kuni ishlab chiqarishdagi xodimlar uchun smena grafigiga toʻgʻri kelgani sababli, odatiy ish kuni sifatida qaralishini, Prezident Farmoni boʻyicha qoʻshimcha dam olish kuni ularga nisbatan tatbiq etilmasligini, shu sababli ushbu kun ishlagan xodimlarga bir hissa miqdorida haq toʻlash kerakligini bildirmoqda.
1. PF-5290ga asosan qoʻshimcha dam olish kunlari smena asosida ishlayotgan xodimlarga qay darajada tatbiq etiladi?
2. Korxona buxgalteriyasining ish haqini bir hissa miqdorda toʻlash kerakligi haqidagi fikri qanchalik qonuniy?
3. 2018 yil 20 mart kuni smena grafigi boʻyicha ishlagan xodimlarga MKning 157-moddasi talablari qoʻllaniladimi?
28.12.2017 yildagi PF-5290 smena grafigi asosida ishlayotgan xodimlarga tadbiq qilinadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.