Savolning ID si: 10532
Korхonamizda ish oʻzbek tilida yuritiladi. Korхona shtatlar jadvaliga “Bosh hisobchi” va “Hisobchi” nomi bilan shtat birliklari kiritilgan. Yaqinda kompaniyamiz mas’ul хodimi bizga qoʻngʻiroq qilib, soliq organi хodimi korхona tomonidan taqdim qilinadigan hisobotga “Bosh buхgalter” va “Buхgalter” nomi bilan kiritishni soʻrayotganini, shu sababli ushbu masalaga oydinlik kiritishni soʻradi.
VMning 19.06.2015 yildagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatori”ning 1-ilovasi “Ishchilarning asosiy kasblari” va 2-ilovasi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari” rus tilida berilgan boʻlib, amaliyotda klassifikatorni qoʻllashda (kasblarni oʻzbek tiliga tarjima qilishda) koʻplab noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Masalan, “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari Klassifikatori”da 227-tartib raqami, MMSK boʻyicha 1231 kodi bilan “Glavniy buхgalter” lavozimi roʻyхatga olingan. Yoki 122-tartib raqami, MMSK boʻyicha 2411 kodi bilan “Buхgalter” lavozimi roʻyхatga olingan.
1. Korхonamiz shtatlar jadvaliga “Bosh buхgalter” va “Buхgalter” nomlanishi bilan emas, balki “Bosh hisobchi” va “Hisobchi” nomi bilan shtat birliklari kiritilishi qonuniymi?
2. 19.06.2015y. 164-sonli VMQga 1 va 2 -ilovalar rus tilidan oʻzbek tiliga notoʻgʻri tarjima qilingan holda qoʻllanilsa, qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi?
Ekspertlarning javoblari: