Savolning ID si: 10704
Biz MChJ shaklidagi xorijiy korxonamiz. Korxonaning ma’muriy-boshqaruv apparati harajatlarini qisqartirilishi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan ayrim ma’muriy-boshqaruv xodimlari (bosh direktor oʻrinbosarlari) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilangan edi. Bundan xabardor boʻlgan, lavozimi qisqartirilayotgan xodimlardan biri uzrli sabablarsiz ishga chiqmay quydi. Shu sababli, uni MKning 102-moddasiga asosan shtatlar qisqarishi haqida ogohlantirish imkoni boʻlmadi. Lekin ushbu xodimning yashash manziliga ogoxlantirish xati yuborildi (xodimdan javob kelmaganligi uchun ogoxlantirish xati bir necha bor yuborilgan). Xodimga yuborilgan ogoxlantirish xatida: - korxonaning tarkibiy tuzilmasida mehnatni tashkil etish, xodimlar soni (shtati) hamda ish xususiyatlariga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan MKning 100-m. 2-q..1-b.ga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida; - xodim oʻz egallab turgan lavozimidan ikki oydan soʻng (sanasi koʻrsatilgan holda) boʻshatilishi mumkinligi; - istagi boʻlsa mavjud boʻlgan boshqa vakant (boʻsh) ish oʻrinlaridan biriga oʻtishi mumkinligi; - xodimning arizasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda unga qonunchilikda belgilangan kompensatsiya toʻlovlari toʻlab berilishi bayon etilgan edi. Lekin ogohlantirish xatlariga ushbu xodim tomonidan javob berilmadi va ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza ixtiyoriy ravishda yozib berilmadi.
Ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qanday tartibda bekor qilinishi lozim? Bunda ish beruchi tomonidan ushbu xodimning mehnat daftarchasiga qanaqa yozuvlar kiritilishi lozim?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock