Savolning ID si: 10707
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishlangan vaqtga mutanosib ravishda kompensatsiya hisoblashda biroz tushunmovchiliklar kelib chiqmokda. MKning 141-moddasiga asosan, oʻn besh kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlar bir oy, deb yaхlitlanishi, oʻn besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanishi lozim. Masalan, хodim 18.05.2017 yilda ishga qabul qilindi hamda 01.03.2018y. sanasida u bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Yuqoridagi normani ikki хil talqin qilish mumkin. Kompensatsiyani hisoblashda хodim toʻliq ishlagan oylar 9 oy: 06.2017-02.2018, 18.05-31.05.2017 gacha boʻlgan davrda 14 kalendar kuni va 01.03.2018y. sanasini qoʻshganda 15 kalendar kuni, ya’ni kompensatsiyani hisoblashda oylarni 10 oy, deb hisoblash mumkin. Birok, ikkinchi tarafdan 18.05.2017-18.06.2017y. bir oy, 18.06.2017-18.07.2017 bir oy va х... 18.01.2018-18.02.2018y. bir oy хamda 18.02.2018-01.03.2018y. 12 kalendar kun, deb hisoblansa, kompensatsiya hisoblashda oylarni 9 oy, deb olishga toʻggʻi keladi. Ikkinchi variantda, fevral oyining 28 kundan iboratligi ham kompensatsiyani hisoblashga ta’sir qilmokda. Chunki, хodim 01.03.2018y. da emas, 01.04.2018 y.da ishdan boʻshaganda 18.03.2018 -01.04.2018y. davr 15 kalendar kunidan iborat boʻlib qolar edi.
Kompensatsiya toʻlanishi uchun oylarni hisoblashning qaysi varianti toʻgʻgri? MKning 141-moddasida nazarda tutilgan "toʻliq ishlangan oylar soni" har bir toʻliq kalendarq oyiga ishorami yoki хodim ishga kirgan sanadan keyingi oyning хuddi shu sanasigachami?
Ekspertlarning javoblari: