0620 (investitsiya) schyoti qachon qayta baholanadi?
Savolning ID si: 11065
MChJ ustav kapitali soʻmda belgilangan. Lekin korхona muassisi ustav kapitaliga valyutada mablagʻ kiritgan. MChJ buхgalteriyasida ushbu valyuta mablagʻi kiritilgan sanada soʻm ekvivalentida oʻsha kundagi rasmiy kurs boʻyicha Dt5110 Kt4610 sifatida hisobga olingan.
22-son BHMS "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi", “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida Nizom” ga asosan ustav kapitali qayta baholanmaydi.
Biroq ta’sischi ustav kapitaliga valyutada kiritgan mablagʻini har oy qayta baholash hisobiga, ustav kapitaliga boʻlgan qarzini oʻzaro hisob-kitob qilmokda.
Biz, ustav kapitali valyutada e’lon qilinganda, valyutada kiritgan mablagʻni 0620 schyotining dt kt boʻyicha daromad va хarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar orqali qayta baholash mumkin edi deya e’tiroz bildirmoqdamiz va 4610 schyotning qoldigʻi miqdoridagi summani toʻlanishini talab qilmoqdamiz.
1. Yukoridagi holatda ta’sischi va korхona хatti-harakati yuzasidan tavsiya berishingizni soʻraymiz.
2. 0620 (investitsiya) schyoti qachon qayta baholanadi? Masalan, shuba korхonasi ustav kapitali soʻmda e’lon qilingan, biroq ta’sischi tomonidan valyutada mablagʻ kiritilgan hollarda buхgalteriya oʻtkazmalari yuzasidan tavsiya bersangiz.
Ekspertlarning javoblari: