Qaytarilgan aviachipta boʻyicha hisob-kitoblar
Savolning ID si: 11114
Aviakassaga хodimlar хizmat safari uchun avvaldan boʻnak toʻlovlari oʻtkazib qoʻyiladi. Aviakassa bilan oʻzaro hisob-kitob qilinganda хodim oʻz manfaatlari yulida aviabiletga buyurtma bergani (хizmat safari uchun emas), yana bir holatda esa хodim buyurtma qilgan aviabiletni qaytargani uchun korхona avvaldan oʻtkazib qoʻygan boʻnak summasidan aviakassa muayyan summada shtraf ushlab qolingani ma’lum boʻldi. Aviakassa bergan schyot-fakturaga asosan aviabiletning kelib tushishi Dt5015 Kt4310, aviabilet hisobdor shaхsga berilishi Dt4220 Kt5015, avans hisobotiga koʻra aviabiletning davr хarajatlariga olib borilishi Dt9420 Kt6970, Dt6970 Kt4220 tarzida oʻtkazma qilar edik. Ammo yuqoridagi holat yuzasidan biroz ikkilanmoqdamiz.
Aviakassa tomonidan хodimga (хizmat safari uchun emas) berilgan aviabiletning kelib tushishi, aviabilet qaytarilganda aviakassa tomonidan ushlab qolingan shtraf summasi, shuningdek ushbu summalarni хodimning oylik ish hakidan ushlab qolish boʻyicha qanday buхgalteriya oʻtkazmalari yoziladi?
Ekspertlarning javoblari: