Savolning ID si: 11124
Tashkilotimiz 2017 yil 25 sentyabrda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib 2017 yil oktyabr oyida faoliyatini boshlagan va Samarqand viloyati tumanlarida chakana savdo shaxobchalari orqali chakana savdo faoliyatini amalga oshirib kelgan. Joylardagi tuman DSIlardan NKMlar roʻyxatdan oʻtkazilgan va terminallar bilan jihozlangan. 2017 yil oktyabrda chakana savdo oboroti 973 320,3 ming soʻm; noyabrda chakana savdo oboroti 4 578 687,5 ming soʻm, undan ijtimoiy soha obektlariga 46 056,0 ming soʻm ulgurji oborot; dekabrda 15 288 214,9 ming soʻm chakana savdo oborotini tashkil etgan. 2017 yil yakuni boʻyicha 20 840 222,7 ming soʻmlik tovar aylanmasi chakana savdo stavkasi boʻyicha 2%, borishi qiyin boʻlgan togʻli hududlarga 1% li, 46 056,0 ming soʻm ulgurji savdo faoliyati boʻyicha 5% stavkasida soliqqa tortilib hisobot topshirilgan. Chakana savdo aylanmasi 99,78% ulgurji savdo aylanmasi 0,22% ni tashkil etgan. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun olingan litsenziya 2017 yil 4 dekabrda bekor qilingan. Shu sababli 2017 yil yakuni bilan chakana savdo faoliyatini amalga oshirgan korxona boʻlib hisoblanadi, sababi 03.03.2015 y.da Moliya vazirligining MM/04-01-32-14/231/214- sonli va Davlat soliq qumitasining 16/3-4061-sonli qoʻshma xatida Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 19-bandiga sharx berilgan, ya’ni tovarlarni nakd, pulsiz xisob-kitob buyicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan oʻtgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Shunga koʻra, agar chakana savdo korxonasi naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha tovarlar realizatsiyasini qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlar doirasida amalga oshirsa tovar aylanmasiga soliq solish maqsadida chakana savdo sifatida qaraladi va unga chakana savdo korxonalari uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi stavkalari boʻyicha soliq solinishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan tashkilotimizga nisbatan Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son Karori bilan tasdiklangan Nizomining 19-bandi, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qumitasining qoʻshma xatida keltirilgan talablar tadbiq etilishi yoki etilmasligi holatlari yuzasidan aniq tushuntirish berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock