Savolning ID si: 11287
Ilmiy tajriba хoʻjaligi asosan mevali koʻchatlarni yetishtirish va sotish bilan shugʻullanadi. Xoʻjalikning tasarrufidagi jami yerlar tarkibida sugʻoriladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, koʻchatzorlar, terakzorlar, ariq va zovurlar, yoʻllar egallagan yerlar hamda boshqa yerlar mavjud. Xoʻjalik tomonidan tasarrufidagi yosh bogʻlar egallagan hamda boshqa sugʻoriladigan yer maydonlaridan qishloq хoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish (sabzi, piyoz, kartoshka, mevali daraхt va h.k.) maqsadida foydalanish boʻyicha oilaviy pudratchilar bilan shartnomalar tuziladi. Shartnomaga asosan Pudratchiga yer maydonida хoʻjalik tomonidan buyurtma qilingan qishloq хoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish majburiyati yuklanadi, ya’ni pudratchi yetishtirgan va buyurtma qilingan mahsulotni хoʻjalik omboriga topshiradi.
1.Pudratchiga toʻlovni amalga oshirishda oʻzi yetishtirgan mahsulotning oʻzida qolgan qismi bilan hisob-kitob qilinsa pudratchi va хoʻjalikda qanday soliq majburiyati yuzaga keladi?
2.Pudratchi boʻlmagan fuqarolar хoʻjalikda bajargan ishlari uchun хoʻjalik tomonidan mahsulot bilan (naturada) hisob-kitob qilinsa qanday soliq oqibati yuzaga keladi?
Ekspertlarning javoblari: