Savolning ID si: 11425
Men 2017 yil 6 iyulda Namangan Davlat Universtetini bitirib "Geografiya oʻqituvchisi" diplomini oldim va 2017 yil sentyabr oyidan 33-maktabda oʻqituvchi sifatida ish boshladim. Prezidentning 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi PF-5106-son Farmonining 13-bandi ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish toʻgʻrisda imtiyoz borligini bildim.
Imtiyozdan foydalansam boʻladimi? Xozirda men shu imtiyozni qoʻllash va 2017 hamda 2018 yillar uchun ish haqimni qayta хisob-kitob qilib berish toʻgʻrisida ariza bilan chiqsam qonuniy boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari: