Savolning ID si: 11445
6.11.2017y. F-5107-sonli Prezident farmoyishiga asosan "Uzbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda – AJ deb yuritiladi) hamda uning tarkibiga kiruvchi korхonalar faoliyati tekshirilgan. Natijalari boʻyicha tuzilgan ma’lumotnomada AJ markaziy apparatida ishlagan 31 ta хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganda, foydalanilmay qolgan qoʻshimcha ta’til kunlarini notoʻgʻri hisoblanishi oqibatida ortiqcha toʻlov amalga oshirilganligi, ushbu summani undirib olish lozimligi yozib qoʻyilgan.
Mehnat shartnomalarida 15 ish kunidan iborat asosiy va 9 ish kunidan iborat qoʻshimcha, jami 24 ish kuni yillik mehnat ta’tili beogilangan. Jamoa shartnomasida esa asosiy ta’til 15 ish kuni, qoʻshimcha ta’til 3 ish kuni, jami 18 ish kuni qilib belgilangan. Jamoa shartnomasi va mehnat shartnomalari oʻrtasida ta’til kunlari boʻyicha tafovut paydo boʻlgan.
Foydalanilmay qolgan ta’til kunlari uchun хodimlarga pullik kompensatsiya hisoblash uchun qaysi shartnomaviy yoʻsindagi hujjat (jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasi) ustunlik qilishi yuzasidan fikr berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.
Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.