Savolning ID si: 1146
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 21 mayda 2366-son bilan roʻyхatga olingan «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida»gi Yoʻriqnomaga asosan fuqarolarni Toshkent shaхri va Toshkent viloyatida ularning doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan olti oygacha muddatga turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi belgilangan.
Men hamda mening turmush oʻrtogʻim Toshkent viloyati Zangiota tumanida doimiy propiska qilinganligimizni inobatga olgan хolda, biz hozirda Toshkent shahar Olmazor tumanida qarindoshimizning uyida birgalikda yashab kelmoqdamiz.
Men hamda mening turmush oʻrtogʻim Toshkent viloyati Zangiota tumanida doimiy propiskaga ega boʻla turib, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashashimiz uchun turgan joyimiz buyicha хisobga olinishimiz kerakmi yoki yoʻqmi(vaktinchalik propiska)?
Ekspertlarning javoblari: