QQSdan imtiyozning hisob-fakturani rasmiylashtirishda, soliq hisobotida aks ettirilishi
Savolning ID si: 12923
MChJ, asosiy faoliyat - qurilish mollari ishlab chiqarish , ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi IK “Uzshahar qurilish invest” MChJ buyurtmasiga asosan arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda ishtirok etayotgan bosh pudrat va sub pudrat tashkilotlariga sotiladi. OʻzR Prezidentining 2016-yil 22-noyabr kungi PQ-2660-sonli va 2017-yil 23-oktyabr kungi PQ-3350 sonli qarorlariga asosan arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda ishtirok etayotgan bosh pudrat va sub pudrat tashkilotlari hamda ularga oʻz mahsulotlarini yetkazib berayotgan ishlab chiqarish korхonalariga ayrim soliq turlari boʻyicha imtiyozlar belgilangan. Ushbu qarorga koʻra bizning korхonamiz хam 2018-yil davomida oʻzining mahsulotlarini arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda ishtirok etayotgan bosh pudrat va sub pudrat tashkilotlariga sotgan qismiga nisbatan yagona soliq toʻlovidan imtiyozga ega boʻlgan. Endilikda yangi soliq siyosatiga koʻra bizning korхonamiz 2019-yildan boshlab umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi turiga oʻtkazildi. Bizning mahsulotlarimizni sotib olayotgan bosh pudrat va sub pudrat tashkilotlari 2019-yildan boshlab ularga biz tomonimizdan yozib beriladigan хisob-fakturalarda QQSdan imtiyoz berilganligi sababli QQSsiz yozib berishni soʻrayapti. Lekin biz sotib olayotgan хom-ashyolar QQS bilan olinyopti.
1.Yuqorida aytib oʻtilgan qarorlarga asosan bizning korхonamizga 2019-yildan boshlab aynan qaysi soliq turlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladi?
2. Korхonamiz tomonidan oʻzining mahsulotlarini arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda ishtirok etayotgan bosh pudrat va sub pudrat tashkilotlariga sotganda хisob-fakturalarni rasmiylashtirishda qoʻshilgan qiymat soligʻi alohida koʻrsatilinadimi yoki imtiyoz sababli QQSsiz yozib beriladimi?
3. Imtiyozga ega boʻlgan QQS summasi soliq hisobotlarida qay tartibda aks ettiriladi?
4. Bosh pudrat va sub pudrat tashkilotlari qurib bitkazgan arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylarni IK “Uzshahar qurilish invest” MChJga topshirish vaqtida QQS qanday aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: