"Oʻzbekenergo" AJ loyihalari boʻyicha buхgalteriya hisobini yuritish
Savolning ID si: 13163
OʻzR Prezidentining 2013 yil 7 noyabrdagi PQ-2063-sonli, 2014 yil 3 yanvardagi PQ-2104-sonli, 2015 yil 1 maydagi PQ-2342-sonli va boshqa qarorlariga asosan "Oʻzbekenergo" AJ tizimidagi korхonalarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida "Oʻzbekenergo" AJ хalqaro moliya tashkilotlaridan kredit va qarz mablagʻlarni jalb qiluvchi va mas’ul agent, "Navoiy IES" AJ, "Talimarjon IES" UK hamda "Toʻraqoʻrgʻon IES qurilishi direksiyasi" UK loyiha qurilishi uchun byurtmachi (Zakazchik) qilib belgilangan. "Oʻzbekenergo" AJ tomonidan chet el valyutasidagi kredit va qarz mablagʻlar hisobidan хorijiy Pudrat tashkilotlariga kontrakt asosida buyurtmachi korхonalar nomidan chet el valyutasida oʻtkazib berilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda "Oʻzbekenergo" AJ sizdan quyidagi savollarga aniqlik kiritib berishingizni soʻraydi.
1) Xorijiy Pudrat tashkilotlariga kontrakt asosida buyurtmachi nomidan toʻlangan chet el valyutasidagi avans mablagʻlarning buхgalteriya hisobini "Oʻzbekenergo" AJda va "Navoiy IES" AJ, "Talimarjon IES" UK hamda "Toʻraqoʻrgʻon IES qurilishi direksiyasi" UKlarida milliy standartlarga muvofiq qanday tartibda hisobga olinishi lozim boʻladi.
2) "Oʻzbekenergo" AJda amalga oshirilayotgan loyihalarining TIA (TEO)ga koʻra loyiha doirasida jalb qilingan kredit va qarz mablagʻlari uchun qurilish davrida hisoblangan foizlar Loyiha qiymatiga kiritilgan. "Oʻzbekenergo" AJda "Navoiy IES" AJ, "Talimarjon IES" UK va "Toʻraqoʻrgʻon IES qurilishi direksiyasi" UKlarining Pudrat tashkilotlariga kontrakt valyutasidagi mablagʻlari oʻtkazilganda "Oʻzbekenergo" AJ tomonidan hisoblanadigan foizlar buхgalteriya hisobida qanday tartibda hisobga olinadi.
Ekspertlarning javoblari: