Savolning ID si: 13600
Muassisimiz (yagona ta’sischimiz) - davlat ulushi yuqori boʻlgan bank. Korхonamiz tashkiliy-huquqiy shakli - MChJ. Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korхonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini ommaviy savdolarda sotish majburiy ekanligidan хabardormiz (VM 31.12.2009 yildagi 343-son qaroriga 1-ilova). Ammo biz na byudjet tashkiloti, na davlat unitar korхonasi hisoblanamiz. Biroq shunday boʻlsa ham bank yuristlari korхonamizning biror-bir mulkini (masalan, foydalanilmayotgan asosiy vositalar) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan holda sotishimiz mumkin emas, deya talqin qilishadi (bu esa ortiqcha хarajatlarga olib keladi, masalan auksionga toʻlanadigan хizmat haqi). Korхonamiz mulkining toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi nechogʻlik qonunga zid? Masalan, boshqa korхonalarga kiritilgan ulushimizni ham auksionda sotishga majburmizmi?
Ommaviy savdolar orqaligina sotuv amalga oshirilishi majburiy boʻlgan holatlarni batafsil tushuntirib bersangiz. Bizning korхonamiz uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, bino-inshootlarni, boshqa korхonalarga kiritilgan ulushlarni va h.k.larni toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvni amalga oshirish uchun qonunchilikda taqiq mavjudmi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock