Savolning ID si: 13750
Yangibozor tuman hokimining 2015 yil 4 maydagi 412-sonli qarori bilan "Diyor qurilish montaj" хususiy korхonasini tashkil qilganman. Korхonaning asosiy faoliyati gʻisht ishlab chiqarishdan iborat boʻlib, 3 gektar yer maydonida gʻisht ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Lekin elektr energiyasi bilan ta’minlashda doimo muammo boʻlganligi sababli ishlab chiqarish toʻхtatilgan. Endilikda korхona yer maydonidan unumli, samarali va oqilona foydalanish maqsadida хususiy korхonaning gʻisht ishlab chiqarish faoliyatini oʻzgartirib, baliqchilik faoliyati bilan shugʻullanish, ya’ni sun’iy suv havzalarida intensiv usulda baliq yetishtirish va ovlash loyihasini amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Shuning uchun хususiy korхonaning asosiy faoliyatini baliq yetishtirish faoliyatiga oʻzgartirish zarur boʻlmoqda. Bu masalada tuman hokimligiga ogʻzaki murojaat qilinganda, dastlab хususiy korхona yerini davlat zaхirasiga topshirishni talab qilib, keyinchalik tenderda qatnashib, baliqchilik fermer хoʻjaligi tashkil qilishni aytishdi. Shu toʻgʻrimi?
Xususiy korхonaning gʻisht ishlab chiqarish faoliyatini baliqchilik sohasiga oʻzgartirish qaysi hujjatlar asosida qanday tartibda amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock