Egalik xukukini utkazmasdan turib AVni xisobdan chikarish
Savolning ID si: 13842
Hukumat qarori asosida jamiyatimiz balansidagi foydalanilmay turgan ob’yektlarni xususiy sub’yektlarga ochiq tanlovlar orqali oldindan 15% toʻlov hamda qolgan summani teng ulushlar asosida 10 yilgacha toʻlash sharti asosida sotishi belgilab qoʻyilgan. Joriy yilda 1 ta koʻchmas mulk ob’yekti ushbu shartlar asosida sotildi. Shartnomaning 4.7-bandida “Sotuvchi” “Ob’yekt” bilan bogʻliq barcha hujjatlar nusxasini hamda toʻlovlar toʻliq toʻlab berilgandan soʻng asl nusxasini “Sotib oluvchi”ga topshiradi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali egalik huquqini beradi” deb koʻrsatib oʻtilgan. Jamiyatimiz ushbu shartnoma shartlariga asosan ob’yektni va uning egalik huquqini oʻz balansida ushlab turibdi. Lekin buxgalteriya ushbu holatda ob’yekt sotilgan, deb tan olmayapti. Buning natijasida ob’yekt bilan bogʻliq amortizatsiya, soliq, har yili qayta baholash va boshqa xarajatlar vujudga kelmoqda.
1. Koʻchmas mulk ob’yektlari egalik huquqi berilmasdan sotilsa, jamiyatimiz ob’yektni balansdan chiqarishi kerakmi? 2. Koʻchmas mulk ob’yektlari balansda qolsa, buxgalteriya hisobvaraqlarida qanday aks ettiriladi? 3. Koʻchmas mulk ob’yektlarini balansdan chiqarib yuborsak, toʻlovlar toʻliq toʻlangunga qadar boshqa shaxsga sotilmasligi uchun ob’yektni qanday qonuniy himoya qilib turishimiz mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.