Savolning ID si: 14025
“Soliq va bojхona хabarlari” gazetasining 2019 yil 7 maydagi 19-sonidagi "Ish haqidan ushlab qolish: asoslari va tartibi" maqolasida Majburiy ijro byurosining talabiga binoan хodimning roziligisiz uning ish haqidan elektr energiyasi va tabiiy gazga, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari uchun qarzni ushlab qolish, bunda ushlab qolingan summa 2 EKIHdan oshmasligi koʻrsatilgan. Bunga asos qilib 29.05.2017 yildagi PF-5059-son Farmon, 16.11.2017 yildagi PF-5241-son Farmon belgilangan. Vaholanki, Mehnat kodeksining 164-moddasida mehnat haqidan ushlab qolish asoslarida yuqoridagi holatlar nazarda tutilmagan."Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 6-moddasiga koʻra, Prezidentning farmon va qarorlari qonunosti hujjatlaridir, Mehnat kodeksi esa qonun bilan tasdiqlangan. Normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllanilishi qonunda belgilangan.
Yuqoridagilarga koʻra, PF-5059 va PF-5241-son Farmonlarni asos qilib хodimlarning ish haqidan ularning roziligisiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari uchun qarzni ushlab qolish qonuniy hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock