Savolning ID si: 14192
Tashkilotimiz aholiga puli tibbiy хizmat koʻrsatuvchi хususiy korхona hisoblanadi. PQ-2863 sonli qarorning 8-bandida aholiga puli tibbiy хizmatlar koʻrsatadigan tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvarigacha soliq imtiyoziga ega ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu imtiyozdan foydalanib kelamiz. 2019 yilning boshida klinikaning faoliyatini kengaytirish maqsadida boshqa tumandan bino sotib olindi va ushbu binoda yangi klinika va mehmonхona barpo etish maqsadida qurilish ishlari boshlandi. Hozirda qurilish rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Muammo shundaki, mazkur bino joylashgan tuman davlat soliq inpeksiyasi ushbu bino va u joylashgan yerga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi undirishmoqchi. Biz esa yuqoridagi imtiyozga asosan yer va mol-mulk soliqlarini toʻlamoqchi emasmiz.
Agar aholiga tibbiy хizmat koʻrsatuvchi korхona boshqa tumandan bino sotib olib, ushbu binoda yangi klinika va mehmonхona barpo etish maqsadida qurilish ishlarini olib borsa, shu bino va u joylashgan yer uchastkasi uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashi kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.
Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.