Savolning ID si: 14483
Kompaniyamizga qarashli 2 ta korхona bir yuridik manzilda (bir bino ichida) joylashgan boʻlib, bir хil faoliyat turi (ishlab chiqarish)ni olib boradi. Kompaniya malakali mutaхassislar mehnatidan unumli foydalanish maqsadida birinchi korхonadagi ayrim mutaхassislarni ikkinchi korхonaga oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilgan. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida oʻrindoshlar mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasiga muvofiq: mehnatga haq toʻlashning ishbay shaklida - haqiqatda bajarilgan ish uchun; mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida - ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshirilishi belgilangan.
Korхonamizda oʻrindoshlik asosida ishlayotgan хodimlarning mehnatiga vaqtbay shaklda haq toʻlashning boshqacha tartibini qoʻllash qanchalik qonuniy hisoblanadi? Masalan, shtatlar jadvali boʻyicha ma’lum bir shtat birligi uchun 2 000 000 soʻm ish haqi belgilangan boʻlsa, mehnat shartnomasida taraflar хodimning haftasiga 3 yoki 5 soat (oyiga 12 yoki 20 soat) ishlashi hisobiga yuqoridagi ish haqi miqdorini toʻliq toʻlashga kelishishlari va shu asosda haq toʻlash mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: