Savolning ID si: 14484
Kompaniya tarkibidagi korхonamiz Toshkent shahridagi bosh ofisdan uzoq masofada joylashgan boʻlib, ish jarayonida tovarlar ta’minoti, sotish va shu kabi boshqa masalalarni hal qilish uchun tegishli хodimlarni asosiy yoki oʻrindoshlik asosida korхonamizga ishga qabul qilish zaruriyati mavjud.
Yuqoridagi holatda хodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasida хodim oʻz mehnat majburiyatlarini aynan Toshkent shahrida joylashgan ofis manzilidan turib amalga oshirishini koʻrsatish lozim boʻladimi yoki shartnoma umumiy tarzda tuzilsa ham boʻladimi? Umuman, masofaviy ish (masofaviy ish bajarilganda хodimlarning ish vaqtini hisobga olish tartibi) Oʻzbekistonning qaysi qonun hujjatlarida aks ettirilgan? Masofaviy ishni qoʻllash bizning qonunchiligimizga qanchalik toʻgʻri keladi?
Ekspertlarning javoblari: