Savolning ID si: 14594
28.12.2017 yildagi PF-5290-son Prezident Farmoniga asosan Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (AV tomonidan 2985-son bilan roʻyхatga olingan) 14-bandida "3 yanvardan 21 martgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa, хodimlarning mehnat ta’tili muddati - 1 ish kuniga; 21 martdan 1 sentyabrgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa, хodimlarning mehnat ta’tili muddati - 2 ish kuniga; 1 sentyabrdan 2018 yilning oхirigacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa, хodimlarning mehnat ta’tili muddati - 3 ish kuniga kamayadi" deb belgilangan. 12.11.2018 yildagi PF-5574-son Prezident Farmonida 2019 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangan. Yuqori tashkilot organlari tomonidan PF-5574-son Farmonga asosan mehnat ta’tili yil davomida 3 kunga qisqartirilgan holda berilishini, 2985-son yoʻriqnoma 2018 yil uchun belgilanganligini aytib, ta’til kunlarini kamaytirish boʻyicha 2985-son yoʻriqnomaning 14-bandiga amal qilinishini notoʻgʻri deb aytishmoqda.
Xodimlarga mehnat ta’tilining 2019 yilda 2985-son yoʻriqnomaning 14-bandiga amal qilmasdan, ta’tilga chiqish vaqtidan qat’i nazar 3 kunga qisqartirilishi toʻgʻrimi? Vaholanki, 2985-son yoʻriqnoma muddati cheklanmagan boʻlsa, ushbu holatga aniqlik kiritib berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock