Haqiqiy boʻlmagan bitim boʻyicha debitor qarzdorlik hisobi

Savolning ID si: 14848
1) Jamiyat (sotib oluvchi) 2007 yilda oldi-sotdi shartnomasiga asosan bino va inshootlar uchun sotuvchi korхonaga 2 mlrd. soʻm miqdorida pul mablagʻlari oʻtkazgan. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hisobvaraq-fakturaga asosan bino va inshootlar jamiyat (sotib oluvchi) balansiga kirim qilingan. Jamiyat chet el kapitali mavjud boʻlgan korхonaga ta’sischi sifatida ustav fondini shakllantirish uchun bino va inshootlarni bergan (Dt 0640 Kt 0810 - 2 mlrd. soʻm). 2) 2018 yilda iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bilan 2007 yilda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllanilib, bekor qilingan hamda bino va inshootlar mahalliy hokimiyat balansiga oʻtkazilgan. Jamiyat tomonidan 2007 yildagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan oʻtkazib berilgan 2 mlrd. soʻm sotuvchi korхona hisobidan undirilishi belgilangan.
Jamiyat chet el kapitali mavjud boʻlgan korхonadagi ustav fondini 2 mlrd. soʻmga kamaytiradimi? Iqtisodiy sudning qaroriga asosan sotuvchi korхonadan undirilishi lozim boʻlgan 2 mlrd. soʻm boshqa debitorlik qarzlari (48) schyotida aks ettiriladimi yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl) shaklida asosiy faoliyatning boshqa daromadlari satrida aks etiriladimi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock