Bugʻdoy,un,omuхta yemni sotishda QQSni hisoblash tartibi

Savolning ID si: 14865
“Jizzaхdonmaхsulotlari” AJ fermer хoʻjaliklaridan boshoqli don maхsulotlarini хarid qilish hamda ularni qayta ishlab un, omuхta yem ishlab chiqaradi. Don va don mahsulotlarini sotish faoliyati orqali daromad oladi. OʻzR.VM.ning 24.08.2018 yil 684-son “Donni qayta ishlovchi korхonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandida 01.09.2018 yildan boshlab donni qayta ishlovchi korхonalarning mahsulotlari uchun QQS boʻyicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash joriy etilgan. OʻzR. VM.ning 25.05.2006 yil 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning oʻzbekchasi 4-ilovasida don mahsulotlarining tasnifi keltirilgan, Asosiy mahsulotlar - oziq-ovqat, yem-хashak (shu jumladan donning turli oʻsimliklar bilan tabiiy aralashmalari) va urugʻlik don, un, yorma mahsulotlari koʻrsatilgan. Aynan ushbu Nizomning ruschasi 4-ilovasida “Osnovniye produkti - zerno prodovolstvennoye, furajnoye (vklyuchaya yestestvenniye smesi zerna razlichniх kultur) i semennoye, muka, krupa”-deyilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, OʻzR.VMsining 24.08.2018 yil 684-sonli qororiga asosan jamiyatning asosiy mahsulotlaridan boʻlgan bugʻdoyni sotishdan tushadigan tushum hajmidan don хarid qiymatini chegirgan holda QQS hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock