Savolning ID si: 1524
Agar shunday boʻlsa, litsenziyani yangilash zarurmi? Ushbu holat boʻyicha qaysi yoʻl qonuniy boʻlishini aniqlashga yordam berishingizni soʻrayman.
Korxonamiz 2013 yilning iyun oyida shahar hokimiyati qoshidagi savdo departamentidan ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya olgan. Ma’lum muddat ushbu faoliyat yuritilganidan soʻng korxona ta’sischilaridan biri korxonaga kiritgan ulushini olib chiqib ketishini ma’lum qildi va ta’sischi chiqarildi. Natijada korxona ustav fondi litsenziya olingan davrdagidan kamaydi. Ushbu oʻzgarish davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Korxona 6 oy mobaynida ulgurji savdo faoliyatini yuritmay turdi. 2014 yilning may oyida korxonaga yangi ta’sischi qoʻshilib, korxonaning litsenziya olgan davridagi minimum darajasida, ya’ni 279 000 000 soʻmga (3 500 EKIH x 79 590 soʻm) teng ustav fondi shakllantirildi. Ushbu holatda korxona ulgurji savdo faolitini avval olgan letsenziyasiga asosan davom ettirish huquqiga egami? Yoki korxona ustav fondini hozirgi kundagi minimum boʻyicha shakllantirib, ya’ni 336 367 500 soʻmgacha (3 500 EKIH x 96 105 soʻm) koʻpaytirish lozimmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.