Savolning ID si: 16578
2012 yilning yanvar oyida A.A.A. ismli shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinib, sudning 2012 yil iyuldagi ayblov hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etildi. 2013 yil sentyabrda ozodlikdan mahrum etish jazosi axloq tuzatish ishlariga almashtirildi. 2014 yil avgustda axloq tuzatish ishlari jazosining amal qilishi tugatildi. Ushbu asosiy jazo muddati tugaganidan keyin muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ijroga qaratilib, uning muddati 2017 yil avgustda tamomlandi. 2015 yil noyabrda kamroq haq toʻlanadigan ishga qabul qilindi va hozirgi kunga qadar ishlab kelmoqda. Kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining 2019 yil iyundagi ajrimiga asosan yuqoridagi ayblov hukmi bekor qilinib, reabilitatsiya qoʻllanildi. Hozirgi kunda noqonuniy ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganligi, hukm qilinganligi munosabati bilan A.A.A. oʻzining oldingi ishi boʻyicha ololmay qolgan ish haqini undirish huquqi mavjud. Biroq zarar sifatida ololmay qolgan ish haqining miqdorini hisoblash uslubiyoti, qaysi davrlarni oʻz ichiga olishi masalasida bir qator noaniqliklar mavjud.
1. Reabilitatsiya qilingan shaxsga uning bir necha yillar mobaynida ololmay qolgan ish haqi miqdorini hisoblash uslubiyoti qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan tartibga solinadi? 2. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibining 5-bandiga asosan, boshqa barcha hollarda (tartibning 1-4-bandlarida koʻrsatib oʻtilganlardan tashqari) oʻrtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi. Shundan kelib chiqib, reabitiatsiya qilingan shaxsning ololmay qolgan ish haqining oʻrtacha miqdorini xuddi shu tartibda hisoblab, tegishli davr boʻyicha (shu oʻrinda ushbu davr ham noaniq, ya’ni 2012 yil yanvarda ehtiyot chorasi qoʻllanilgan kundan boshlab reabilitatsiya qoʻllanilishi haqida sudajrimi chiqqan kunga qadarmi yoki hozirgi kunga qadarmi?) indeksatsiya qilinishi hamda ushbu davrda olingan boshqa daromadlar ayirib tashlanishi toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.