Ta’sischilardan birining qarzini toʻlab berishning soliq oqibatlari
Savolning ID si: 16649
Jismoniy shaхs avval YaTT sifatida faoliyat yuritgan. Shu davrda YaTT bir korхonadan qarzga yuk olgan. Olgan yuki qiymatining yarmini YaTT hisob raqamidan toʻlagan. Qarzning qolgan yarmini YaTT toʻlamagan va faoliyatini tugatgan. Mazkur jismoniy shaхs MChJga ta’sischi sifatida kirgan. YaTTning qolgan qarzini MChJ mazkur ta’sischi hamda boshqa ta’sischilarning dividendlari hisobidan toʻlab bermoqchi. MChJning hamma ta’sischilari bir oila a’zolaridir.
1. MChJ ta’sischilari oʻzlari olishlari lozim boʻlgan dividendlari hisobidan shu MChJ ta’sischilardan birining YaTT faoliyati davridan qolib ketgan qarzini toʻlab berishlari mumkinmi?
2. Agar mumkin boʻlsa, bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Ekspertlarning javoblari: