Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga va ijtimoiy soliqqa tortilmaydigan daromadlar
Savolning ID si: 16952
Korxonamiz (XXTUT boʻyicha kodi - 19211) xodimlarining quyidagi daromadlaridan ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanadimi:
a) korxonamizning yordamchi ishlab chiqarish boʻyicha chorvachilik boʻlimlari orqali xodimlarga tekinga berilgan sut va goʻsht mahsulotlari hamda guruch ishlab chiqarish boʻlimida fermerlardan qabul qilib olingan sholini qayta ishlab chiqarishdan olingan guruch mahsuloti summasi;
b) qish mavsumidan oldin xodimlarga tekinga berilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari;
v) kasallik varaqalari boʻyicha daromad summasi;
g) dekret ta’tili boʻyicha daromad summasi;
d) vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan toʻlovlar;
ye) toʻy yoki yubiley sanasi munosabati bilan bir martalik beriladigan moddiy yordams ummalari;
yo) bayramlar munosabati bilan xodimlarga natura shaklida berilgan sovgʻalar qiymati;
j) xodimlarning xizmat safari xarajatlari summasi;
z) xodimning ish haki hisobidan oʻzining yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandining oliy oʻkuv yurtida oʻqishi uchun kontrakt puli toʻlanganda;
i) xodimning ish haki hisobidan namunaviy uy-joy yoki koʻp qavvatli uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti toʻlovi toʻlanganda;
y) Afgʻon urushi qatnashchilarining daromadlari;
k) nogiron xodimning daromadlari;
l) bolaligidan nogiron farzandi bor xodimlarning daromadlari.
Yuqoridagi koʻrsatilgan holatlar boʻyicha xodimlarining daromadlaridan ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.