Moʻynoq tumanida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan xususiy korxona mulkdoriga toʻlanadigan dividendga nisbatan soliq imtiyozi qoʻllanilishi
Savolning ID si: 17787
Bizning korxonamiz Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidan 2019 yil iyun oyida roʻyxatdan oʻtgan. Tashkiliy-huquqiy shakli – Xususiy korxona. Ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanadi. Korxonamiz tomonidan 2019 yil davomida olib borgan faoliyati davomida olingan soliqlar toʻlanganidan keyingi foydasi mulkdorga qisman oʻtkazib berildi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining «Xususiy korxona toʻgʻrisida»gi Qonuni 24-moddasiga asosan daromad soligʻi solinmagan. Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi PQ-2803-son qarorining 9.3-bandiga muvofiq, Moʻynoq tumanida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar ta’sischilarining foydasi dividend sifatida olinayotganda daromad soligʻidan 2027 yil 1 yanvariga qadar ozod etilgan. Lekin 2020 yil 7 yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonunga asosan «Xususiy korxona toʻgʻrisida»gi Qonunning 24-moddasi oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining «Xususiy korxona toʻgʻrisida»gi Qonunining 24-moddasi oʻz kuchini yoʻqotganligiga qaramasdan Prezidentning 2017 yil 28 fevraldagi PQ-2803-son qarori 9.3-bandida keltirilgan dividend boʻyicha imtiyozdan Moʻynoq tumanidan roʻyxatdan oʻtgan xususiy korxona foydalanishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.