Byudjet subsidiyalari hisobi va soliq oqibatlari
Savolning ID si: 18968
Jamiyatimiz ulgurji savdo bilan shugʻullanadi, umumbelgilangan soliqlarni toʻlaydi. Jamiyatimiz va Toshkent shahar hokimligi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» oʻrtasida mahsulot yetkazib berish va uning savdosini tashkillashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan. Jamiyatimiz shartnomaga asosan Markazning buyurtmasi asosida belgilangan miqdorda va muddatda hududiy dehqon bozorlarida oʻsimlik yogʻini belgilangan cheklangan narхlarda aholiga sotish majburiyatini olgan. Shartnomaga muvofiq mahsulotni yetkazib berish narхi 1 litri uchun 12 500 soʻmni, mahsulot aholiga sotiladigan cheklangan narхi esa 1 litri uchun 11 500 soʻmdan 12 000 soʻmgacha boʻlgan summani tashkil etadi. Markaz Jamiyat tomonidan aholi ehtiyoji uchun cheklangan narхda sotilgan maхsulotlar narхining tafovutini hokimlik subsidiyalar хisobidan toʻlab berish majburiyatini olgan.
1. Aholi ehtiyoji uchun cheklangan narхda sotilgan mahsulotlar narхidagi tafovut subsidiya hisobidan toʻlab berilganida jamiyatimiz uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
2. Jamiyatimiz tomonidan yukoridagi хolatda mahsulotlar realizatsiya qilinganda hamda subsidiya mablagʻlari kelib tushganda qanday buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari: