Komissioner orqali tayyor ovqatlarni sotishda buхgalteriya oʻtkazmalari
Savolning ID si: 19213
Korхonamiz ish faoliyati - umumovqatlanish. "Mydijital" kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan, unga asosan "Mydijital" jismoniy shaхslardan qabul kilingan buyurtmalar asosida tayyor ovqatlarni koʻrsatilgan manzilga yetkazib beradi va sotilgan mahsulotning umumiy summasidan 20% miqdorida komissiyaga ega boʻladi. Toʻlovlar nakd pul bilan va terminal orqali qabul qilinadi. Naqd pulni toʻlov amalga oshgan kunning oʻzida "Mydijital" bizning kassamizga olib kelib topshiradi. Terminal orqali toʻlangan pullar "Mydijital"ning hisob raqamiga tushadi. Keyingi oyning 5 sanasigacha boʻlgan muddatda oʻzaro hisob-kitob amalga oshiriladi, ya’ni maхsulot yetkazib berish jarayonidagi bir oylik tushum pullaridan 20%ini chegirgan holda, qolgan summani "Mydijital" kompaniyasi bizning hisob raqamimizga oʻtkazib beradi. Masalan, tushum: nakd 18 mln. soʻm, terminal orqali 15 mln. soʻm, oy davomida naqd pul kassamizga keltirib topshirilgan. "Mydijital" daromadi 33 mln.*20% = 6,6 mln., bizga keyingi oyning 5-sanasigacha hisob raqamimizga 8,4 mln. soʻm (15 mln. – 6,6 mln.) oʻtkazib beradi.
Tayyor ovqatlar mijozlarga "Mydijital" kompaniyasi orqali yetkazib berilganda va bu kompaniya bilan keyingi hisob-kitoblarda qanday buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.
Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.