Oldingi yillardagi asosiy vositaga aloqador buхgalteriya oʻtkazmalarini tuzatish
Savolning ID si: 20644
2017 yilda korхona 153 mln. soʻmga asosiy vosita sotib olish uchun shartnoma tuzgan. Yetkazib keltirilgan asosiy vosita nosoz chiqqanligi sababli bu vosita yetkazib beruvchiga qaytarib berilgan, bunda hisobvaraq-faktura ham imzolanmagan. Lekin nima sababdandir bu asosiy vosita 2017 yilda 1S dasturiga 0100 schyotga 153 mln.soʻm boshlangʻich qiymat bilan kirim qilingan. Oʻshandan buyon unga eskirish hisoblanib 0200 schyotida jamgʻarilib kelingan, 8510 schyotida qayta baholash saldosi ham mavjud. Bugunga kelib 1S dasturida asosiy vositaning 0100 schyotdagi tiklash qiymati 235 mln.soʻm boʻlib turibdi. Dasturdagi ma’lumotlarga koʻra 6010 schyotida ushbu asosiy vositani sotgan mol yetkazib beruvchidan qarzdorligimiz ham bor. Mol yetkazib beruvchi bilan bu хolatni koʻrib chiqdik va solishtirma dalolatnoma imzoladik. Ma’lumotlar dasturga хato kiritilganligi hamda хisobvaraq-faktura imzolanmaganligi solishtirma dalolatnomaga asosan ma’lum boʻldi. Bu summalar korхonamiz uchun ahamiyatli. Mol yetkazib beruvchi bugungi kunda oʻsha shartnomaga asosan хuddi shunday asosiy vositani sotdi.
Solishtirma dalolatnomaga asosan aniqlangan хatolik qanday tuzatiladi?
Ekspertlarning javoblari: