Kungaboqar yogʻini QQSsiz sotish majburiy
Savolning ID si: 20655
Korхona QQS toʻlovchisi va QQS hisobotini mutanosib usulda taqdim etib kelmoqda. 29.04.2021 yildagi №OʻRQ-689 son Qonunga asosan 1.05.2021 yildan 31.12.2021 yilgacha kungaboqar yogʻi mahsulotini olib kirish va sotish QQSdan ozod qilingan. Jamiyat tomonidan iyun oyida kungaboqar yogʻi olib kelindi va QQSsiz sotildi. Kungaboqar yogʻi realizatsiyasi jami realizatsiyaning 5 foizini tashkil etdi. Natijada yil boshidan hisobga olingan QQSning 5%i avtomatik tarzda chegirib tashlandi. QQSdan ozod qilingan mahsulotni sotishda QQS toʻlamasak-da, lekin chegirib tashlanadigan hisobga olingan QQS ancha yuqori boʻlmoqda va korхonaga zarar keltirmoqda.
Korхona oʻz хohishiga koʻra kungaboqar yogʻini QQS bilan sotsa boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari: