Lizing ob’yekti boʻyicha mol-mulk soligʻi xarajatlarining lizingga beruvchi tomonidan qoplanishida soliq oqibatlari.
Savolning ID si: 21005
Korxona koʻchmas mulk ob’yektini uzoq muddatli ijaraga lizing shartnomasi asosida berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 410-moddasi 3-qismiga asosan, agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham soliq toʻlovchi deb e’tirof etiladi. Shuningdek, 425-modda 2-qismiga asosan, koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb e’tirof etiladi, deb belgilangan. Lekin ijarachi tashkilot rahbarining talabiga asosan moliyaviy ijaraga oluvchi tashkilot tomonidan toʻlangan yer va mulk soligʻi summalari ijaraga beruvchi tashkilot tomonidan qoplab beriladi, degan band moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga majburan qoʻshib qoʻyildi.
Ushbu shartnomaning tuzilishi qonuniymi, agar qonuniy xisoblansa, ijaraga beruvchi tashkilot tomonidan qoplab berilgan yer va mulk soliqlari foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajat boʻlib hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.