Savolning ID si: 21150
MChJ tomonidan Majburiy ijro byurosi boʻlimining 2021 yil 26 oktyabrdagi qarori asosida bank (da’vogar) foydasiga elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan qarzdorga (javobgar) qarashli binolar 2021 yil 21 dekabrda sotib olinib, pul mablagʻlari toʻlandi. Auksiondan soʻng 2021 yil 24 dekabrda sud javobgar arizasiga koʻra ijro ishi yuritishni keyingi ish koʻrilgunga qadar toʻхtatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan. Majburiy ijro byurosi boʻlimi esa ushbu ajrim asosida, auksion natijalari haqidagi bayonnoma boʻlsa-da, binolarni bizga topshirmayapti. Bizningcha, qarzdor (javobgar) bank (da’vogar) bilan tuzilgan garov shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida ariza kiritmoqda yoki vaqtni choʻzib, mablagʻ topib bankdan qarzini uzmoqchi.
Garov shartnomasi haqiqiy emas deb topilsa yoki javobgar qarzini toʻliq qoplasa, FK 229-moddasi 2-qismiga qaramasdan auksion natijasi bekor boʻlishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: