Savolning ID si: 21326
VMning 10.01.2020 yildagi 16-sonli qaroriga asosan tibbiyot birlashmasida tender orqali bemorlarni ovqat bilan ta’minlash xizmati xususiy sektorga berilgan. Endilikda 2022 yilga kelib, yuqoridagi autsorsing shartnomasini oʻzaro kelishgan holda yangidan tuzib, tuman adliya boʻlimiga xulosa olish uchun joʻnatsak, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda elektron tanlov oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish mumkin emasligini koʻrsatgan holda salbiy xulosa berilgan. Ushbu Qonunning 71-moddasi 3-qismida VMning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini belgilashga vakolati borligi, VMning 10.01.2020 yildagi 16-sonli qaroriga 2-ilovaning 11-bandida “autsorser tomonidan shartnoma shartlarining toʻliq bajarilishi va buyurtmachining xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻ autsorserni qoniqtirgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga koʻra shartnoma muddati navbatdagi kalendar yil uchun uzaytirilishi mumkin”ligi koʻrsatilgan.
Tibbiyot birlashmasi va xususiy sektor oʻrtasida tuzilgan autsorsing xizmati boʻyicha shartnoma dastlabki tanlov natijasiga asosan keyingi yillarga tanlov oʻtkazmasdan uzaytirilishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, shartnoma muddatini navbatdagi kalendar yilga uzaytirish cheklanganmi (masalan, 2 yilga yoki 3 yilga)?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.