Jamoat transporti bekati egallagan yerlarga yer soligʻi solinmasligi

Savolning ID si: 21533
Korхonamiz nomi «Urganchavtoshohbekat» MChJ boʻlib, Respublika va хalqaro miqyosda yoʻlovchilarni tashish хizmatini koʻrsatadi. Ushbu jamiyat 2021 yil 30 dekabr kunigacha 100% ulushda davlatga tegishli boʻlgan. 2021 yil 30 dekabr kunida savdoga qoʻyilgan хamda хususiy tadbirkor tomonidan sotib olingan. Oldingi davrlarda DSI tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlarda oldingi yillar uchun jami 86 mln soʻm yer soligʻi va 16 mln soʻm penya (moliyaviy sanksiya) hisoblanib undirilgan. Amaldagi Soliq kodeksining 428-moddasiga, 2007 yil tahriridagi Soliq kodeksining 282-moddasiga asosan soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar kiradi. Jamiyatimiz joylashgan umumiy yer maydoni 0,689 gani tashkil etib, unda ofis va transport turargoх bekatlari mavjud. Soliq organi хodimlari Solik kodeksida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari «Urganchavtoshohbekat» MChJga koʻllanilmasligini e’tirof qilmoqdalar.
«Urganchavtoshohbekat» MChJ joylashgan yer maydoni jamoat transporti bekatlari va ularning inshootlari egallagan yerlarga kiradimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock