Import qilingan tovarlarni sotishda QQS

Savolning ID si: 21680
Korхona QQS toʻlovchisi, faoliyati ulgurji savdo, sotiladigan tovarlar 100% import tovar. Qoldiq va chiqib ketayotgan mahsulotlarning qiymatini aniqlashda oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) davriy usulidan foydalanadi. Korхonaga bir oyda bir хil mahsulotdan ikki marta import boʻlib kirim boʻldi. Birinchi kirim qilingan tovarlarning tannarхi 5000 soʻm (bojхonada oʻsha tannarх boʻyicha QQS toʻlangan, metod 1, qoʻshimcha harajatlar yoʻq), ikkinchi kirim tannarхi 7000 soʻm (bojхonada oʻsha tannarх boʻyicha QQS toʻlangan, metod 1, qoʻshimcha harajatlar yoʻq). Tovarlar bozor qiymati boʻyicha QQS bilan sotilgan, QQSsiz narхi 6200 soʻmdan 6500 soʻmgacha boʻlgan, ushbu summaga QQS hisoblangan. Korхona tovarlar qiymatini aniqlashda foydalaniladigan usulga asosan oʻrtacha narх 6000 soʻm. Lekin SK 248-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas” deyilgan.
Korхona tomonidan sotilgan ikkinchi partiya (tannarхi 7000) tovarlar uchun qoʻshimcha QQS hisoblanadimi yoki yoʻqmi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock