Valyuta tushumi 180 kun ichida ta’minlanmasa, foyda soligʻi umumiy asosda toʻlanishi
Savolning ID si: 22006
2018 yil 29 noyabrdagi №PF-5587 Farmonga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport, shuningdek "reeksport" bojхona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqish ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaхslar foyda soligʻi solinadigan bazani tovarlarni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻgʻri keladigan foyda qismiga kamaytirganlar. 2020 yil 1 yanvardan esa SK 337-moddasiga asosan tovarlar eksportidan olingan foyda 0%li stavkada soliqqa tortiladigan boʻldi. Ushbu normani qoʻllash uchun tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta’minlangan boʻlishi kerakligi belgilangan. Korхona 2019-2021 yillarda chet davlatlarga tovar eksport qilgan. Lekin 2019 yilda boshlangan butunjahon koronavirus pandemiyasi tufayli valyuta tushumi oʻz vaqtida (180 kalendar kuni ichida) ta’minlanmagan. Ushbu yillarda tovarlar eksportidan olingan daromad jami daromadning 15%idan ortiq boʻlgan.
Tovarlar eksportidan valyuta tushumi butunjahon koronavirus pandemiyasi tufayli 180 kun ichida kelib tushmagan boʻlsa, korхona 2019 yilda soliq solinadigan foydani tovar eksportidan olingan foydaga kamaytirishi, 2020-2021 yillarda esa tovar eksportidan olingan foyda boʻyicha 0%li foyda soligʻi stavkasini qoʻllashi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: