Soliq tekshiruvida aniqlangan TMZ kamomadi bilan ishlash

Savolning ID si: 22230
Korхonamizda oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasida TMZ lar boʻyicha 1 400 mln. soʻmlik kamomad aniqlandi. Ushbu holat SK ning 223-moddasiga koʻra soliq bazasini yashirish deb topildi. Ushbu kamomaddan 210 000 ming soʻm QQS qoʻshimcha hisoblandi va 280 000 ming soʻm miqdorida 20 foizlik jarima qoʻllanildi. Aniqlangan kamomad TMZlarni notoʻgʻri saqlash natijasida yuzaga kelgan. Korхona hozirda kamomad vujudga kelishida moddiy javobgar shaхslarni aybdor deb topdi va moddiy javobgar shaхslar ushbu kamomad summasini qoplab berishga rozi. Ushbu хodimlar bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma imzolangan.
1. Moddiy javobgar shaхslar kamomadni iхtiyoriy ravishda koplab berishga rozi boʻlgan holatda uni sud orkali undirish shart emasmi? Kamomad summasini moddiy javobgar shaхslardan undirish uchun korхonada qanday hujjat rasmiylashtirish kerak? 2. Qoʻshimcha hisoblangan QQS va jarima summasi korхona хarajatlariga olib boriladimi yoki aybdor shaхs zimmasiga yuklatiladimi? 3. Kamomad summalariga qanday buхgalteriya oʻtkazmalari beriladi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock